TOShKENT, 11-iyul – Sputnik. Har kuni qora shokolad plitkasining yarmini iste’mol qilinsa sog‘liq uchun ziyon bo‘lmaydi. Biroq uni kunning birinchi yarmida iste’mol qilish maqsadga muvofiq. Chunki u juda kaloriyali mahsulot bo‘lib, uning tarkibida uxlashga xalaqit beradigan moddalar bor. Bu haqda rossiyalik ekspertlar ma’lum qilishdi.
Bugun butunjahon shokolad kuni nishonlanadi. Ilk bor buni fransiyaliklar nishonlashni boshlashdi. Keyinchalik bu bayram ommalashib, Yevropaning boshqa davlatlarda tantana qilishga o‘tildi.
“Tarkibida kamida 50 foiz kakao bo‘lgan qora shokoladni oladigan bo‘lsak, odam har kuni 50 grammga yaqin shokoladni iste’mol qilishi mumkin. Og‘ir mehnat yoki sport bilan shug‘ullanadigan insonlar ko‘proq yeyishi mumkin”, - deydi Sechenov universiteti poliklinika teripayasi kafedrasi professori, tibbiy fanlar doktori Aleksey Buyeverov.
Olimning so‘zlariga ko‘ra, shokoladni eng yaxshisi kunning birinchi yarmida iste’mol qilish kerak. Chunki unda shakar bor. Bundan tashqari, bu sevimli shirinlikda tetiklantiruvchi, uxlashni qiyinlashtiradigan –alkaloid moddasi mavjud.
"FIS pitaniya i biotexnologii" klinkasi shifokori, tibbiy fanlar nomzodi Yelena Livansova fikriga ko‘ra, sutli va qora shokolad kaloriyasi bo‘yicha deyarli bir xil.
Oshqozon osti bezi kasalliklar bo‘lganda shokoladni iste’mol qilish tavsiya qilinmaydi.
Meyoridan ortiq shokolad iste’mol qilish ortiqcha vazn to‘plash, uglevod almashinuvi buzilishi xavfini oshirishi mumkin. Shuningdek, tishlarda kariyes rivojlanishini keltirib chiqarishi mumkin.
Bundan avval “Sog‘lom ovqatlanish” milliy tadqiqot markazi tomonidan taqdim etilgan eng foydali nonushtalar top-3 ro‘yxati haqida xabar berilgan.