OIIB va O‘zbekiston umumiy qiymati 600 mln $dan ortiq bo‘lgan loyihalarni amalga oshiradi

© Ministerstvo investitsiy i vneshney torgovliInvestitsii, vodosnabjenie i dorogi: soglashenie na $600 mln s ABII
Investitsii, vodosnabjenie i dorogi: soglashenie na $600 mln s ABII - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Buxoro viloyatida qator sohalarda umumiy qiymati 600 million dollardan ortiq bo‘lgan loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuv imzolandi.

TOShKENT, 15-iyul – Sputnik. Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki (OIIB) prezidenti Sin Litsun bilan Lyuksemburgda o‘tkazilgan boshqaruvchilar kengashi yillik majlisida uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qildi.

Jahon banki O‘zbekistonga $50 million ajratadi

Uchrashuvda o‘zaro hamkorlikning yuqori ko‘rsatkichlari qayd etilgan. Sin Litsun OIIB va O‘zbekiston o‘rtasidagi muvaffaqiyatli hamkorlik tarixi boshqa ishtirokchi-davlatlar uchun namuna bo‘lishi mumkinligini e’tirof etgan.

Shuningdek, yaqin kunlarda OIIB boshqaruvchilar kengashining yillik yig‘ilishini O‘zbekistonda o‘tkazish imkoniyati ham muhokama qilingan.

Jahon Banki Farg‘ona vodiysi tadbirkorlariga 200 million $ kredit beradi

Uchrashuv yakunida Buxoro viloyatida suv ta’minoti, kanalizatsiya va yo‘l qurilishi sohasida umumiy qiymati 600 million dollardan ortiq bo‘lgan loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuv imzolandi.

Yangiliklar lentasi
0