TOShKENT, 1-iyul – Sputnik. "O‘zbekiston havo yullari" 2019-yil oxiriga qadar gibrid aviakompaniyaga aylanadi, deb xabar qilmoqda Podrobno.uz milliy aviakompaniya vakiliga asosan.
Xabarda aytilishiga ko‘ra aviakompaniya ayrim yo‘nalishlarda ham biznes ham ekonom klass parvozlarni yo‘lga qo‘yadi. Bu bilan aviakompaniya imkon qadar ko‘proq yo‘lovchilarni jalb qilishga muvaffaqbo‘ladi.
Aviakompaniya fikriga ko‘ra, mahalliy yo‘nalishlardan ko‘p yo‘lovchilar Rossiyaga ishlash uchun yo‘l oladi. Ular uchun har bir dollar muhim, shuning uchun ushbu yo‘nalishlarda ekonom klass parvozlar tashkil qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Buning uchun aviakompaniya foydalanishda bo‘lgan samolyotlar ham sotib olishi mumkin.
Aviakompaniya vakilining so‘zlariga ko‘ra, ular ushbu islohotlarni Jahon banki maslahatiga ko‘ra amalga oshirmoqda.
“Menimcha biz yil oxiriga qadar gibrid aviaparvozlarni yo‘lga qo‘yamiz. Yo‘lovchi uchun aviakompaniya qanday nomlanishining farqi yo‘q – loukostermi gibridmi, uning uchun asosiysi – bilet narxi”, - dedi aviakompaniya vakili.
“Biz hech kimni bizning samolyotlar bilan uchishni majbur qilayotganimiz yo‘q. Moskva, Sankt-Peterburg va Rossiyaning boshqa shaharlarida bizning raqobatchilarimiz ko‘p. Agar bizning narx 200 ularning narxi 100 dollar bo‘lsa – bizga hech kim kelmaydi. Oldingi zamonlar o‘tib ketdi, hozir bizda ma’muriy kuch yo‘q”, - dedi mutaxassis.
Aviakompaniya vakili aytishiga qaraganda, kelajakla O‘zbekiston va Rossiya yo‘nalishida juda kuchli raqobat bo‘lishi kutilmoqda. Hozir ana shunday raqobat Rossiya - Qozog‘iston yo‘nalishlarida kuzatilmoqda.