O‘zbekistonda OTM rektorlari vakolati kengaytirildi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishStudenti v auditorii VUZa
Studenti v auditorii VUZa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Talabalarni qabul qilish tartibi, to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymati hamda mahalliy va xorijiy professor-o‘qituvchilar mehnatiga haq to‘lash miqdorlarini hamkor xorijiy OTMlari bilan kelishuv asosida belgilaydi.

TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. O‘zbekiston  Prezidentining 2019-yil 11-iyulda qabul qilingan PQ-4391-sonli Qarori bilan OTM rektorlari vakolati kengaytirildi.

Endilikda OTM rektorlari quyidagi vakolatlarga ega:

Kupuri nominalom patdesat tisach sumov - Sputnik O‘zbekiston
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining qator xodimlari ish haqi oshirildi

- oliy ta’lim muassasalarining tuzilmalarini bo‘ysunuvi bo‘yicha tegishli vazirlik va idora bilan kelishilgan holda tasdiqlaydi;

- OTM huzuridagi ilmiy-tadqiqot muassasalari, malaka oshirish va qayta tayyorlash muassasalari rahbarlari, akademik litseylar direktorlarini, bo‘ysunuvi bo‘yicha tegishli vazirlik va idora bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlaydi va ozod etadi;

- fakultet dekanlarini lavozimga tayinlaydi va ozod etadi;

- to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalar uchun kontrakt to‘lovlarini amalga oshirish muddatlarini  uzaytiradi;

- mahalliy va xorijiy OTMlarining o‘zaro kelishuvi doirasida amalga oshirilayotgan qo‘shma ta’lim dasturlari, jumladan, qo‘shma fakultetlarda:

Studenti v auditorii - Sputnik O‘zbekiston
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’limi markazi tugatildi

- talabalarni qabul qilish tartibi, to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymati hamda mahalliy va xorijiy professor-o‘qituvchilar mehnatiga haq to‘lash miqdorlarini hamkor xorijiy OTMlari bilan kelishuv asosida belgilaydi;

- o‘qishga qabul qilish parametrlari, ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarini hamkor xorijiy OTMlari, bo‘ysunuvi bo‘yicha tegishli vazirlik va idora hamda O‘zR Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlaydi.

2020 yildan boshlab ta’lim xizmatlari bozorida OTMlarining ayrim bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklariga talab yuqoriligi va moliyaviy barqarorligini inobatga olib, ularni bosqichma-bosqich o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tadi.

Yangiliklar lentasi
0