Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’limi markazi tugatildi

© Sputnik / Maksim BogodvidStudenti v auditorii
Studenti v auditorii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Farmon bilan oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari belgilandi.

TOShKENT, 12-iyul - Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim sohasida boshqaruvni isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.

Podacha dokumentov v vuzi - Sputnik O‘zbekiston
Qo‘qonda davlat-xususiy sherikchilik asosida universitet ochiladi

Farmon bilan oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari belgilandi.

Hujjatda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’limi markazi  tugatildi va uning barcha huquq va majburiyatlari Vazirlikka o‘tgani qayd etilgan.

Vazirlik oliy, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi bo‘yicha yagona davlat siyosatini, shuningdek, oliy, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘quv-tarbiya jarayoniga tashkiliy va metodik rahbarlikni amalga oshirish yuzasidan vakolatli davlat organi etib belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimi tubdan takomillashtirilishi haqida xabar qilgan edik.

Yangiliklar lentasi
0