Sirdaryoda avtobus ag‘darilib ketdi, 16 kishi jarohatlandi

© PixabayZnak avariynoy ostanovki
Znak avariynoy ostanovki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bemorlarga zudlik bilan shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatilib, ularning 9 nafari Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Sirdaryo viloyat filialiga yotqizilgan. Hozirda shifokorlar bemorlar hayoti uchun kurashmoqda.

TOShKENT, 12-iyul - Sputnik. 11-iyul kuni soat 10:48 atrofida Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumani M-34 trassa yo‘lida harakatlanayotgan Isuzu avtobusi yo‘ldan chiqib ketib, avtohalokat sodir bo‘lgan.

Avtomobil skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent yaqinida ichida maktab o‘quvchilari bo‘lgan avtobus yonib ketdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabariga ko‘ra, voqea natijasida 16 nafar fuqaro turli darajada tan jarohati olgan. Bemorlarga zudlik bilan shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatilib, ularning 9 nafari Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Sirdaryo viloyat filialiga yotqizilgan, 7 nafariga esa jarohati yengil bo‘lganligi sabab ambulator sharoitda tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Vafot etgan bemorlar yo‘q.

Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rilmoqda. Jumladan, Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida halokat oqibatida jabrlangan fuqarolarga tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha tezkor guruh tuzildi. Ayni paytda malakali jarroh, neyrojarroh, travmatolog, ortoped, reanimatolog-anesteziolog, nevrolog kabi shifokorlar markazning Sirdaryo viloyat filialidagi bemorlar hayoti uchun kurashmoqda.

Tunda yo‘lga chiqqan avtobuslarni YPX kuzatib boradi – yangi qonun

Shuningdek, ular uchun zarur tibbiy dori-darmon va tibbiy vositalar yetkazib berilgan.

Yangiliklar lentasi
0