Toshkent yaqinida ichida maktab o‘quvchilari bo‘lgan avtobus yonib ketdi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishAvtomobil skoroy pomoshi
Avtomobil skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Maktab o‘quvchilarini olib ketayotgan avtobus yonib ketishi oqibatida qurbonlar bo‘lmagan, 12 kishi turli jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.

TOShKENT, 29 apr – Sputnik. Bugun, 29-aprel tun soat 02:00 larda, Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumanida, ichida maktab o‘quvchilari bo‘lgan avtobus beton to‘siqqa urilib yonib ketdi, deb xabar qilmoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

Avtobus ichida bo‘lgan barcha yo‘lovchilar zudlik bilan evakuatsiya qilingan. YTH oqibatida qurbonlar bo‘lmagan, 7 nafar yo‘lovchi turli darajada tan jarohatlari bilan O‘rtachirchiq tuman shifoxonasiga, 5 nafar yo‘lovchi  Respublikasi Tez tibbiy yordam ilmiy markaziga joylashtirilgan.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, avtobusda jami 53 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Ularning aksariyati Toshkent viloyati Parkent tumani 31-umumiy o‘rta ta’lim maktabining  37 nafar o‘quvchilari bo‘lgan. Shuningdek, 3 nafar o‘qituvchi, 10 nafar ota-onalar hamda 3 nafari xaydovchi bo‘lishgan.

Dastlabki ma’lumotga ko‘ra,  davlat raqami 11 366 SVA bo‘lgan “Mersedes” rusumli avtobus baloni yorilib ketishi natijasida, boshqaruvini yo‘qotib, beton to‘siqqa borib urilgan va yonishni boshlagan. YTH sabablari o‘rganilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0