Xotin-qizlar qo‘mitasi "bozorchi ayollar" surbetligiga chek qo‘yadi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovChorsu - samiy stariy bazar v starom Tashkente
Chorsu - samiy stariy bazar v starom Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston xotin-qizlar raisi Elmira Basitxanovaning aytishicha, endilikda bozorlarda qo‘mitaning boshlang‘ich tashkiloti tuziladi. Bozorda ishlaydigan ayollar ma’rifatsiz "bozorchi ayol" nomiga munosib bo‘lmasliklari uchun boshlang‘ich tashkilot xonasida ular bilan ma’rifiy suhbatlar o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan

TOShKENT, 11-iyul - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. "Mamlakatni bilaman desang, bozor bilan mozoriga bor, degan gap bor. Haqiqiy bozorchi ayollarda na ma’naviyat, na ma’rifat bor. Ammo shu so‘zga mos bo‘lmasligi uchun xotin-qizlar qo‘mitasi nima qildi?", - dedi bugun o‘tkazilgan matbuot-anjumani davomida O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Elmira Basitxanova.

Na stende marki avtomobiley klassa premium Lexus - Sputnik O‘zbekiston
Namanganlik bosar-tusarini bilmay qolgan Leksus mingan ayollar...  

Shu o‘rinda, kuni kecha 10-iyul kuni Samarqand shahri Siyob bozorida ro‘y bergan bir noxush holat esimga tushdi. MDH davlatlaridan kelgan mehmonlar bilan bozor aylanib, Bibixonim madrasasi yaqinida to‘planib turgan edik, ana shunday bozorchi ayollardan biri kutilmaganda ichki ishlar organlari xodimlariga qo‘lini paxsa qilib, shang‘illab baqirib ketgani guvoh bo‘ldik. "Ikki yuz ming oylikka yashab bo‘ladimi? Nima demoqchisan?", - deb baqirardi qo‘lida turli suvenirlarni ko‘tarib olgan, og‘zi to‘la tilla tish ayol.

Ichki ishlar xodimi ayoldan qancha uzoqlashishga harakat qilsa, jazavasi tutgan ayol u tomon bostirib, baqirishdan to‘xtamasdi.

Ayolning harakatini mehmonlar hayron qarab kuzatishdi.

Shu tobda mehmonlar oldida izza bo‘lishdan ham ko‘ra, ichki ishlar xodimiga ko‘proq achindim. 

Eng achinarlisi, oradan yarim daqiqa o‘tmay, bozor darvozasi oldida ana shunday bozorchi ayollardan yana biri ichki ishlar xodimiga hujumga o‘tdi. Uni ikki-uch kishi to‘xtatishga harchand harakat qilmasin, ayol yulqinib, formadagi organ xodimiga tashlanmoqchi bo‘lardi. Hayriyatki, shu vaqt avtobus tayyorligi e’lon qilindi va mehmonlar bozordan uzoqlashdilar.

Tanzila Narbayeva - Sputnik O‘zbekiston
Norboyeva siyosat va ayollar, zo‘ravonlikka qarshi qonun hamda o‘zgarayotgan nikoh yoshi haqida

Samarqand viloyati xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Gavhar Alimovaning aytishicha, Siyob bozoridagi ayollarning o‘zini tutishi masalasi kun tartibida turgan muammoli masalalardan biri. Muammo shundaki, bundaylar hech kimni eshitmaydi va "orani ochiq" qilib kun kechirishga odatlanib qolgan.

O‘zbekiston xotin-qizlar raisi Elmira Basitxanovaning aytishicha, endilikda bozorlarda qo‘mitaning boshlang‘ich tashkiloti tuziladi. Bozorda ishlaydigan ayollar ma’rifatsiz "bozorchi ayol" nomiga munosib bo‘lmasliklari uchun boshlang‘ich tashkilot xonasida ular bilan ma’rifiy suhbatlar o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.

Shuningdek, bozorlarda radiouzel orqali Zulfiyaxonimning "Xotiram siniqlari"ga o‘xshash asarlar har kuni besh-olti martadan o‘qib eshittirilishi, muomala madaniyati mavzusida eshittirishlar tayyorlanishi ham ko‘zda tutilgan.

"Bor harakatimiz bozor haqiqiqatan ham ma’rifat manbai bo‘lishiga erishishga qaratiladi", - dedi Basitxanova.

Samarqand viloyati xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Gavhar Alimova tez kunlarda Siyob bozoriga chiqib, ayollar bilan shaxsan suhbat o‘tkazishini ma’lum qildi.

Yangiliklar lentasi
0