TOShKENT, 10-iyul – Sputnik. “Toshshahartransxizmat” AJ tasarrufidagi korxona va muassasalarda yuz bergan o‘zgarishlar, ularning ayrimlari boshqa tizimga biriktirilganligi sababli jamiyat tarkibiy tuzilmasini yangidan tashkil etish bo‘yicha yagona aksiyador qarori qabul qildi.
Xususan, shu vaqtga qadar jamiyat tasarrufida bo‘lgani holda mustaqil tarzda faoliyat yuritgan “Toshyo‘lovchitransxizmat” hamda “Toshtransdispetcherxizmat” unitar korxonalari “Toshshahartransxizmat” jamiyat tarkibiga birlashtirilmoqda.
“Buning natijasida “Toshshahartransxizmat” AJ avtobus saroy va korxonalarning boshqaruv apparati bo‘lib qolmay, unitar va boshqa turdagi tuzilmalarning vazifasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘z zimmasiga oladi. Jumladan, jamiyat tarkibiga kiruvchi avtobus saroylari va korxonlarining jamoat transporti yo‘nalishlaridagi nazoratini, GPS loyihalarini hamda oylik yo‘l chiptalari va jetonlar yetkazib berishni bevosita amalga oshiradi”, - deyilgan xabarda.
Ushbu o‘zgarishlarni amalga oshirishdan maqsad, poytaxt aholisiga ko‘rsatilayotgan transport xizmati sifatini yaxshilash bilan bir qatorda, harakat xavfsizligini ta’minlash ham asosiy vazifaga aylandi.