TOShKENT, 11 fev — Sputnik. Toshkentda Amir Temur 1-tor ko‘chasi 6-uyda joylashgan ma’muriy binoda yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar qildi poytaxt IIBB matbuot xizmati.
“Bugun, 11-fevral kuni soat 8.30da Amir Temur shoh ko‘chasi 6 uyda joylashgan ma’muriy binodagi yong‘in haqida xabar keldi. Yong‘in xavfsizligi xodimlarining tezkor harakati bilan olov bir necha daqiqani o‘zida bartaraf qilindi”, - deyiladi xabarda.
Ko‘rsatilgan manzilda, xususan, "Toshshahartransxizmat" OAJ kompaniyasi ofisi joylashgan.
Xabarda yozilishicha, yong‘in natijada ma’muriy binosining tomini 60 kv.m. maydoni yonib ketgan.
Dastlabki xabarga ko‘ra, yong‘in sababi - elektr kabel qisqa tutashuvi. Hozirda mutaxassislar zarar miqdori aniqlashmoqda.