O‘zbekistonda sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi tashkil etiladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaBolshe i kachestvenney: Mirziyoyev raskritikoval otechestvenniy avtoprom
Bolshe i kachestvenney: Mirziyoyev raskritikoval otechestvenniy avtoprom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yig‘ilishda Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta nazorati davlat inspeksiyasini bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda tubdan isloh qilish masalasi muhokama etildi.

TOShKENT, 10-iyul – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 10-iyul kuni sug‘urta xizmatlari bozorini rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.

Vaksinatsiya  - Sputnik O‘zbekiston
Majburiy tibbiy sug‘urta to‘g‘risida qonun loyihasi tayyorlandi

Yig‘ilishda Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta nazorati davlat inspeksiyasini bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda tubdan isloh qilish masalasi muhokama etildi. 

“Sohaga nazoratchi emas, ilg‘or va zamonaviy standartlarni joriy etadigan, barcha ishtirokchilar o‘rtasida chinakam raqobat muhitini yaratib, sug‘urta bozorini rivojlantiradigan tuzilma kerak”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shu bois ushbu inspeksiyani tugatib, Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi tashkil etish taklif qilindi. Mutasaddilarga sug‘urta sohasini o‘rta va uzoq muddatli rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish, 2022-yilgacha aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan sug‘urta mukofoti hajmini 3 baravar, sohaning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini esa 2 baravar oshirish vazifasi qo‘yildi.

Avvalo, aholi va tadbirkorlarning sug‘urtaga ishonchini oshirish zarurligi ta’kidlandi. Moliya vazirligi hamda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga sug‘urta da’volarini ko‘rib chiqish muddatlari va hujjatlarini qisqartirish, sug‘urta hodisasini adolatli baholash va to‘lovlarni tezkor to‘lash tizimini joriy qilish vazifasi topshirildi. 

Sug‘urta tashkilotlarining investitsiya faoliyatini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini kengaytirish yuzasidan topshiriqlar berildi. Jumladan, sug‘urta kompaniyalarining lizing faoliyati bilan shug‘ullanishini rag‘batlantirish va lizing xizmatlari bo‘yicha soliqqa tortish tizimini takomillashtirish vazifalari belgilandi.

Vaksinatsiya ot grippa - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda majburiy tibbiy sug‘urta to‘g‘risida qonun loyihasi tayyorlanadi

Iqtisodiyot tarmoqlarini sug‘urta xizmatlari bilan qamrab olish muhimligi qayd etildi. Moliya vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini sug‘urtalash xarajatlarining bir qismini davlat tomonidan subsidiyalash mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha ko‘rsatma berildi. 

Milliy sug‘urta kompaniyalarining xalqaro moliya bozorlariga chiqishini ta’minlash, ilg‘or korporativ boshqaruv tizimini joriy qilish orqali xalqaro reytinglar olish bo‘yicha ham aniq vazifalar belgilandi. 

Sug‘urta sohasida zamonaviy kadrlar tayyorlash, mutaxassislarni nufuzli xorijiy bilim yurtlarida o‘qitish va yetakchi kompaniyalarda malakasini oshirish masalalariga ham e’tibor qaratildi.

“Mamlakatimizda majburiy tibbiy sug‘urta tizimini joriy qilish haqida so‘z borar ekan, davlatimiz rahbari bunga puxta tayyorgarlik ko‘rish, tibbiy xizmatlarning minimal ijtimoiy paketini shakllantirish kerakligini ta’kidladi”, - deyilgan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0