TOShKENT, 26 dek – Sputnik. Sog‘liqni saqlash vazirligi 2019-yil iyun oyida “Majburiy tibbiy sug‘urta to‘g‘risida”gi qonun loyihasini tayyorlab, Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.
Bu loyihani ishlab chiqish vazifasi “2019 yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi huqumat qaror loyihasida bayon etilgan.
Hujjat loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga 2019-yil iyul oyida kiritish rejalashtirilgan.
Qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutiladi:
- majburiy tibbiy sug‘urtani tatbiq etishning mexanizmlari va bosqichlarining huquqiy asoslarini belgilash;
- majburiy tibbiy sug‘urta subyektlarini, ularning huquq va majburiyatlarini va sohada huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi vakolatli organni belgilash;
- majburiy tibbiy sug‘urta dasturlarini moliyalashtirish manbalari shakllantirish.