TOShKENT, 10-iyul – Sputnik. O‘zbekiston atom elektr stansiyasining yana ikkita energoblokini qurishga qaror qildi. Bu haqda respublika energetika vaziri Alisher Sultonov Kun.uz’ga intervyuda xabar berdi.
Avvalroq, “Rosatom” (RF) faqat ikkita energoblokdan iborat kompleksni qurishi ma’lum qilingandi.
O‘zbekistondagi birinchi AES har biri 1 200 MVt quvvatga ega “3+” avlodidagi 1200-suv energetik reaktorli energoblokdan iborat bo‘ladi. Birinchi energoblokni 2028-yilgacha ishga tushirish rejalashtirilmoqda, ikkinchisi - 2030-yil. O‘zbekiston va Rossiya atom elektr stansiyasi uchun qurilish maydonchasini aniqladi. Bu Jizzax viloyatining Tuzkon ko‘li yaqinidagi hudud bo‘ladi.
“Bizda 1200 MVt.dan ikkita blok, so‘ng yana ikkita blok bo‘ladi. Maydoncha u yerda to‘rtta blokni joylashtirish hisobidan kelib chiqib tanlanmoqda”, – dedi Sultonov.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda tinch maqsadlarda foydalanish uchun atom energetikasini barpo etishga kirishildi.
Rossiyaning "Rosatom" davlat korporatsiyasi hamkorlikda atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Mazkur kompleks 2 ta energoblokdan iborat, har birining quvvati 1 ming 200 megavatt bo‘ladi. Atom elektr stansiyasi uchun dunyodagi eng xavfsiz va zamonaviy egergoblok tanlab olingan.
O‘tkazilgan ilmiy izlanishlardan so‘ng AES qurilishi uchun optimal maydon deb Jizzax viloyatida joylashgan Tuzonko‘l yaqinidagi hudud tanlangan. Bugungi kunda bu maydonda AES qurilishi uchun tadqiqot ishlarining ikkinchi bosqichi jadal suratlarda olib borilmoqda.
Stansiyani 2028-yilgacha ishga tushirish rejalashtirilgan.
Atom elektr stansiyasi barpo etilishi natijasida yiliga 3,7 milliard kub metr tabiiy gaz tejaladi. Bu manba qayta ishlanib, yuqori qo‘shilgan qiymatli neft-kimyo mahsulotlari ishlab chiqariladi.