Milliy gvardiya xodimi ko‘prikdan o‘zini tashlamoqchi bo‘lgan ayolning hayotini saqlab qoldi

Obuna bo‘lish
27 yoshli ayol turmush o‘rtog‘i bilan oilaviy janjallar sababli o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan.

TOShKENT, 10-iyul - Sputnik. Milliy gvardiya xodimi ko‘prikdan o‘zini tashlamoqchi bo‘lgan ayolning hayotini saqlab qoldi.

Milliy gvardiya matbuot xizmatining xabar qilishicha, 9-iyul kuni soat 21:40 atrofida “Qo‘yliq” dehqon bozori yonidagi ko‘prik ustidan o‘zini tashlab, joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan ayolni ko‘rib befarq bo‘lmagan aholining sa’y-harakatlari natijasida IIB xodimi va Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi o‘z vaqtida yetib kelgan.

Nekropol Baxauddina Nakshbandi. Buxara, Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Buxoroda hovuzda cho‘kayotgan bolani IIV xodimi qutqarib oldi

“Yordamga oshiqqan ayrim fuqarolarning to‘xtab turishga majbur qilgan qaltis vaziyatda Milliy gvardiya harbiy xizmatchisining tezkor va ishonchli harakati ayolning hayotini saqlab qoldi”, - deyiladi xabarda.

Shundan so‘ng fuqaro hudud IIB bo‘linmasiga olib borilgan va u bilan profilaktik suhbat o‘tkazilgan. 

Suhbat natijasida 27 yoshli ayol turmush o‘rtog‘i bilan oilaviy janjallar sababli o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lganligi ma’lum bo‘ldi. Hozirda fuqaroga tibbiy va ruhiy yordam berish maqsadida mutaxassilar jalb qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Harbiy-texnik institut kursantlari o‘z xizmat vaqtida olov ichidan hushini yo‘qotgan homilador ayol va 3 nafar fuqaroni olib chiqqani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0