Hodisalar

Jizzaxda YXHB inspektorini kaltaklagan fuqaro qoʻlga olindi

© Sputnik / Inspektor Gai ostanovil dlya proverki avtomobil
Inspektor Gai ostanovil dlya proverki avtomobil - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Fuqaro YXHB xodimining pogonini yulib olib, uni urib, boʻyin sohasi va chap yelka sohasiga tan jarohati yetkazgan.

TOSHKENT, 10 iyul – Sputnik. Bosh prokuratura matbuot xizmati Jizzaxda YXHB inspektoriga tan jarohat yetkazgan fuqaro qoʻlga olingani haqida xabar qildi.

Hodisalar
Milliy gvardiya xodimi koʻprikdan oʻzini tashlamoqchi boʻlgan ayolning hayotini saqlab qoldi

Xabarda aytilishicha, joriy yilning 7 iyul kuni soat 18:30 larda Jizzax viloyati IIB YXHB inspektori O.Q. Jizzax shahar, “Eski shahar dehqon bozori” hududida xizmat vazifasini bajarib, “Lacetti” rusumli avtomashina haydovchisiga maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirayotgan vaqtda, shu yerdan oʻtib borayotgan fuqaro S.N. (1988 y.t.) mast holatda, IIB YXHB xodimlarini oldiga kelib, ularni turli soʻzlar bilan haqorat qilgan.

IIB YXHB xodimlari uni tinchlantirmoqchi boʻlganida, ularga qarshilik koʻrsatib, O.Q.ning pogonini yulib olib, uni urib, boʻyin sohasi va chap yelka sohasiga tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Jizzax shahar prokuraturasi tomonidan S.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik koʻrsatish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

S.N. tegishli protsessual tartibda ushlangan.

Yangiliklar lentasi
0