Yevgeniy Bobrovning so‘zlariga ko‘ra, migrantlarni ro‘yxatdan o‘tkazish tizimida ikkita asosiy muammo mavjud. Bu soxta hujjatlar va “rezina uylar” hisoblanadi. Bunday uylar uchastka nozirlari tomonidan muntazam ravishda tekshirib turiladi va ular ustidan tez-tez shikoyat kelib tushadi.
Ekspert: Markaziy Osiyo migrantlari uchun qoidalarni bir xil qilish vaqti keldi
“Davlat tomonidan hech qanday majburiy ro‘yxatga olish mexanizmi ko‘zda tutilmagan, shuning uchun ijaraga oluvchi hamisha chetda qolib ketadi”, dedi ekspert Sputnik O‘zbekistonga bergan intervyusida.
Uning ma’lum qildishicha, xususan, rezina uylar bilan bo‘lgan holatlar ko‘p ijtimoiy guruhlarning ro‘yxatdan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan talablarga javob bermasligi bilan bog‘liqdir. Ular orasida ruslar chet elliklarga qaraganda ko‘proq.
Iqtisodchi: Rossiyada mehnat migratsiyasi o‘sishiga faqat qonunlar to‘sqinlik qilmoqda
Shuning uchun ish joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish masalasini ko‘rib chiqish lozim. Ushbu tashabbusdagi asosiy narsa bu uning ro‘yxatga olish hisobining asosiy mezonlariga mos kelishidir. Statistik jihatdan ham mintaqada qancha kishi yashayotganini aniqlash oson bo‘ladi. Shuningdek, ijtimoiy va transport xizmatlarini to‘g‘ri tashkil etishga ko‘maklashadi.