O‘zbekiston Rossiyaga migrantlarning registratsiya qilish muddatini cho‘zish bo‘yicha taklif kiritdi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishPosetiteli v mnogofunksionalnom migratsionnom sentre Moskvi, arxivnoe foto
Posetiteli v mnogofunksionalnom migratsionnom sentre Moskvi, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi davomida O‘zbekiston tomoni o‘z fuqarolarining RFda ro‘yxatga olishsiz bo‘lib turishi muddatini bir haftadan 15 kungacha cho‘zish taklifini kiritgan

TOShKENT, 12-iyun - Sputnik. O‘zbekiston tomoni o‘z fuqarolarining Rossiyada ro‘yxatga olishsiz (registratsiya qilinmasdan) bo‘lib turishi muddatini yetti kundan 15 kunga cho‘zishni taklif sifatida kiritdi. Bu masala Hukumatlararo komissiyasining Krasnoyarskda o‘tkazilgan mehnat migratsiyasini rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilishida muhokama qilingan, deb xabar berdi RIA Novosti.

Olga Chudinovskix - Sputnik O‘zbekiston
Iqtisodchi: Rossiyada mehnat migratsiyasi o‘sishiga faqat qonunlar to‘sqinlik qilmoqda

O‘zbekiston tomoni xususan, Tojikiston fuqarolari uchun xuddi shunday tartib amal qilishini qo‘shimcha qilgan.

"Registratsiya qilish shart bo‘lmagan muddatni bizning fuqarolar uchun ham uzaytirish maqsadga muvofiq. Ular Rossiya Federatsiyasida ishga joylashish davrida adaptatsiya qilishlari uchun bu juda muhim. Ishchi guruh O‘zbekiston tomonining ushbu taklifini ma’lumot tariqasida qabul qildi", - deb aytgan Bandlik vazirligi vakili.

Bundan tashqari, O‘zbekiston tomonidan ikki davlat o‘rtasida mehnat-migrantlari sog‘lig‘i borasidagi tibbiy xulosani tan olish bo‘yicha hukumatlararo bitim loyihasi ham tayyorlab qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya IIV ma’lumotlariga asosan, o‘zbek migrantlari RF mehnat qilish uchun kelayotgan muhojirlarning o‘ndan bir qismini tashkil qiladi. Bu esa 1 millionga yaqin ko‘rsatkich demakdir.

Yangiliklar lentasi
0