Bugun Samarqandda birinchi MDH  turistik yarmarkasi boshlanadi

© Mixail GenisSamarkand, mavzoley Gur Emir (Tamerlana)
Samarkand, mavzoley Gur Emir (Tamerlana) - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Samarqandda birinchi MDH  turistik yarmarkasi - ikki kun davomida (9-10 iyul) bo‘lib o‘tadi.

TOShKENT, 9-iyul – Sputnik. Bugun Samarqandda ilk bor MDH  davlatlarning birinchi turistik yarmarkasi boshlandi, deb xabar qilmoqda  Sputnik muxbiri.

Tadbirning asosiy maqsadi – MDH mamlakatlari o‘rtasida qo‘shma turizm loyihalarni sonini orttirish, “hamkorlik va ahil qo‘shnichilik” ruhini qo‘llab-quvvatlashdir,- deyilgan rasmiy xabarda.

Shu bilan birga, mazkur tadbir dasturi “MDH davlatlarida turizm va mintaqaviy hamkorlik: yangi chaqiruvlar va imkoniyatlar” deb nomlangan Halqaro ilmiy-amaliy seminarni ham o‘z ichiga oladi.

Buxara, stariy gorod - Sputnik O‘zbekiston
Yil boshidan buyon O‘zbekistonga qancha turist keldi

Tadbir tashkilotchilari – O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, MDH Ijro qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi va Samarqand viloyati hokimligi.

Turistik yarmarkada tegishli vazirlik va idoralar, mahalliy hukumat organlari, diplomatik korpuslar vakillari, O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan xalqaro tashkilotlar, turistik biznes vakillari, shuningdek, mahalliy va chet el OAV vakillari ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, MDH turizm kengashining oldingi majlisi 2018-yilning 10-11 avgustida Dushanbeda bo‘lib o‘tgan edi. Ushbu kengash  chog‘ida O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi navbatdag majlisni Samarqandda o‘tkazishni taklif qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0