Mirziyoyev “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishInformatsionnie texnologii
Informatsionnie texnologii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jismoniy shaxsning roziligisiz yoki boshqa qonuniy asos mavjud bo‘lmagani holda shaxsga doir ma’lumotlarni oshkor etish va tarqatishga yo‘l qo‘yilmaydi.

TOShKENT, 3-iyul – Sputnik. Shavkat Mirziyoyev “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.

Qonunga muvofiq, shaxsga doir ma’lumotlar jismoniy shaxsga taalluqli bo‘lgan yoki uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan, elektron tarzda, qog‘ozda va (yoki) boshqa moddiy jismda qayd etilgan axborot hisoblanadi.

Birinchi iyuldan o‘zbekistonliklar hayotida nimalar o‘zgaradi?

Qonun bilan Hukumat huzuridagi Davlat personallashtirish markazi shaxsga doir ma’lumotlar sohasidagi vakolatli davlat organi etib belgilandi.

Shaxsga doir ma’lumotlar davlat boshqaruvi organlariga bepul beriladi. Shaxsga doir ma’lumotlar bazalari davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim.

Davlat shaxsga doir ma’lumotlarning himoya qilinishini kafolatlaydi.

Jismoniy shaxsning roziligisiz yoki boshqa qonuniy asos mavjud bo‘lmagani holda shaxsga doir ma’lumotlarni oshkor etish va tarqatishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Qonun 2019-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi.

Yangiliklar lentasi
0