O‘zbekistonda bepul yuridik yordam tizimi takomillashtiriladi

© fotoliaSimvoli zakona i pravosudiya
Simvoli zakona i pravosudiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Bepul yuridik yordam to‘g‘risida”gi qonun loyihasi tayyorlandi.

TOShKENT, 9-iyul – Sputnik. Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Bepul yuridik yordam to‘g‘risida”gi qonun loyihasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirildi.

Simvoli zakona i pravosudiya - Sputnik O‘zbekiston
Oliy sud: dunyo tajribasiga ko‘ra, "lazeyka" haqida gapirgan IIV vakili uzr so‘rashi kerak

Loyihaga asosan:

- bepul yuridik yordam ko‘rsatish tizimining boshqarish, muvofiqlashtirish va tartibga solish bo‘yicha yagona tizim;

- ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga jinoiy sud ishini yuritish bilan birga ma’muriy va fuqarolik ishlarida davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatilishini ta’minlash;

- bepul yuridik yordam olish huquqi kafolatlangan shaxslar toifalari hamda bunday yordamni ko‘rsatish shartlari;

- bepul yuridik yordam turlari, shakllari va amalga oshirish usullari;

- davlat hisobidan jalb qilingan advokatlarning faoliyati natijadorligi va sifatini baholash;

- advokatlar, nodavlat notijorat tashkilotlari, yuridik klinika va boshqa subyektlar tomonidan bepul ixtiyoriy yuridik yordam ko‘rsatish tartibi nazarda tutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0