Apresan: turizmni rivojlantirish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish kerak

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaPrezident Federatsii turizma Armenii Mexak Apresan
Prezident Federatsii turizma Armenii Mexak Apresan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Armaniston Turizm federatsiyasi prezidenti Mexak Apresan O‘zbekiston haqidagi taassurotlari bilan bo‘lishdi va respublika armanistonlik sayyohlarni yanada o‘ziga jalb qilishi uchun qaysi ishlarni amalga oshirish kerakligi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Armaniston Turizm federatsiyasi prezidenti Mexak Apresanning ma’lum qilishicha, Armanistonda O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqish yildan yilga ortib bormoqda. Afsuski, hozircha bu sayyohlar oqimi uncha ko‘p emas.

“Toshkent va Yerevan o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishini juda xohlardik. Bu mamlakatlarimiz o‘rtasidagi sayyohlar oqimini sezilarli darajada oshirishga imkon beradi. Fikrimcha, bizning ikkita asosiy vazifamiz bor: dam olishga kelayotgan fuqarolarimizning sonini oshirish hamda birgalikda sayyohlik mahsulot tayyorlash, lekin buning uchun yuqorida qayd etganimdek, to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar lozim”, - dedi Mexak Apresan Sputnik O‘zbekiston muxbiriga bergan intervyusida.

Akkulov Abdulaziz Urolboyevich - Sputnik O‘zbekiston
Turizm xizmatlari eksporti 1 milliard dollardan oshdi – Akkulov

Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston boy madaniy meros va turli tabiiy landshaftlarga ega, shuning uchun mehmonlarga turizmning deyarli barcha turlarini taklif qilishi mumkin.

Apresan Armanistonda ham turizmining barcha turlari rivojlangani, gastronomik turizm yoki ekstremal sayohatni tarixiy-madaniy joylarga tashrif buyurish bilan birgalikda amalga oshirish mumkinligini ta’kidladi.

“Armanistonda turizm jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda, bizning ham taklif qila oladigan narsalarimiz bor, bu ma’noda bizda hammasi yaxshi, lekin o‘zbekistonliklarsiz zerikarli”, - deya so‘zlariga yakun yasadi Apresan.

9-10 iyul kunlari Samarqandda MDH mamlakatlari birinchi turistik yarmarkasi bo‘lib o‘tmoqda.

Armaniston vakilining so‘zlariga ko‘ra, bu kabi maydonlar o‘z milliy madaniyatini taqdim etish, aloqalarni o‘rnatish uchun noyob imkoniyat yaratadi.

Yangiliklar lentasi
0