TOShKENT, 8-iyul – Sputnik. O‘zbekistondan Meksikaga kelgan sayyohlarni mamlakat ichiga kiritishmadi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti, Mexikodagi Rossiya elchixonasi xabariga asosan.
O‘tgan dam olish kunlarida OAVlarda Rossiya pasportiga ega bo‘lgan 14 nafar sayyoh Meksika hududiga kiritilmagani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi. Ular Rossiyaning Nordwind kompaniyasi bilan Meksikaning Kankun shahriga uchib kelishgan. Sayyohlarning 4 nafari Rossiya pasporti bilan O‘zbekistondan uchib kelgan.
Mahalliy migratsiya xizmati fikriga ko‘ra ularning safar maqsadi hujjatlarda ko‘rsatilgan maqsadga mos kelmaydi.
So‘nggi vaqtlarda Meksika hukumati Rossiyadan kelayotgan sayyohlarni sinchiklab va talabchan tekshirmoqda. Xususan, turistlardan mehmonxona broni, yashash uchun yetarli mablag‘ borligini isbotlash, orqaga qaytish chiptalarini taqdim etish so‘ralmoqda. Tekshiruvlar natijasida hatto “qora ro‘yxat” ham tuzilgan.