TOShKENT, 24-may – Sputnik. Qozog‘iston-O‘zbekiston demarkatsiya qo‘shma komissiyasi vakillari hujjat loyihalarini tayyorladi. Navbatdagi yig‘ilishi Olma-ota shahrida o‘tkazildi.
Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida muzokaralar 2003-yilda boshlangandi. Kelishish kerak bo‘lgan chegaraning umumiy uzunligi 2100 kmdan ortiq.
Sovet Ittifoq parchalangandan keyin chegara uchastkalari kelishilmay qolgan.
Bugungi kunda chegaraoldi hududlar masalasi bo‘yicha ishlar yakuniga yetmoqda.
Olma-ota shahrida 20-24 may kunlari o‘tkazilgan navbatdagi yig‘ilishida komissiya a’zolari chegarani demarkatsiyasi bo‘yicha hujjat loyihalarni tayyorlashdi.
“Uchrashuvda 2019-yil O‘zbekiston-Qozog‘iston davlat chegarasida o‘tkaziladigan dala demarkatsiya ishlari hajmi jadvali tasdiqlandi hamda davlatlararo chegaraning ayrim uchastkalari demarkatsiyasi bo‘yicha yakuniy hujjatlar loyihalari tasdiqlandi”, - deyilgan O‘zbekiston TIV xabarida.
Yig‘ilish yakuni bo‘yicha tegishli bayonnoma imzolandi.