"O‘zatom" bosh direktori AES yaqinida cho‘milsa nima bo‘lishini aytdi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaJurabek Mirzamaxmudov, generalniy direktor Agentstva po razvitiyu atomnoy energetiki "Uzatom"
Jurabek Mirzamaxmudov, generalniy direktor Agentstva po razvitiyu atomnoy energetiki Uzatom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"O‘zatom" agentligi bosh direktori Jo‘rabek Mirzamahmudov kelajakda bunyod etiladigan atom elektr stansiyasi hududida ekologik holat jiddiy monitoring tufayli yanada yaxshilanishini aytib, jurnalist va jamoatchilikni tinchlantirdi

O‘zbekistonda Markaziy Osiyoda birinchi AES quriladigan maydonda ishlar davom etmoqda. Bu orada internet tarmog‘ida ekologik xatarlar, bo‘lajak energetik obyektning suv resurslariga ta’siri qizg‘in muhokama qilinmoqda.

"O‘zatom" rahbari so‘zlariga ko‘ra, stansiya resurs va ekologiyaga hech qanday zarar yetkazmaydi, boshqa davlatlarda AES ekspluatatsiyasi tajribasi esa, ekologiya uchun ijobiy ta’siri borligini ko‘rsatgan.

"Bug‘ ishlab chiqish va stansiyani sovitish uchun suv miqdori hozirgi elektr stansiyalarimiz sarflayotgan miqdordan ko‘p talab etilmaydi. Shu bilan birga, atmosfera yoki oqova suvlarga hech qanday zararli ta’siri ham bo‘lmaydi. AES hududidan tashqarida yashasa, ishlasa, dam olsa, cho‘milsa va baliq tutsa bo‘ladi. Boz ustiga, ekologik holatning qat’iy monitoring qilinishi atrof-muhit himoyasini yanada kuchliroq ta’minlash imkonini yaratadi", - dedi Mirzamahmudov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va Yevropada AESning muvaffaqiyatli ekspluatatsiyasi qilinishi uning energetika va texnologiyalar jihatdan tabiiy resurslarni tejash bo‘yicha samaradorligini isbotlagan.

O‘zbekiston "Rosatom" loyihasi bo‘yicha 2,4 GVt quvvatga ega bo‘lgan ikkita energoblokdan tashkil topgan AES qurilishini rejalashtirmoqda. Ushbu loyiha 2028-yilgacha hayotga tatbiq etilishi lozim.

Gendirektor "Uzatoma" rasskazal, chto budet, yesli iskupatsya vblizi AES
Yangiliklar lentasi
0