TOShKENT, 8-iyul – Sputnik. Tojikistonda ro‘y bergan ommaviy zaharlanish oqibatida 14 nafar mahbus hayotdan ko‘z yumdi.
8 iyul kuni uchta maxsus mashinada 128 nafar (120 erkak, 8 ayol) mahbus Tojikiston shimolidagi jazoni o‘tash muassasalaridan Dushanbe, Nurek va Yavandagi qamoqxonalarga yuborilgan.
Dushanbega yaqinlashganda mahbuslardan biri 16 nafar mahbuslar non tarqatadi. Non iste’molidan so‘ng ular o‘zini yomon his etadi va poytaxtga kelganda behush holatga tushadi.
Shifokorlar faqat ikki nafar mahbusni qutqarishga muvaffaq bo‘ldi. Qolgan 114 nafar mahbus belgilangan qamoqxonalarga yetkazildi.
Tojikiston bosh prokuraturasi hodisa yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atdi.