TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. “Islom davlati” terrorchilik tashkiloti (Rossiyada taqiqlangan) Tojikistonning Vahdat shahri yaqinidagi koloniyadagi ison uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Bu haqda Reuters agentligi xabar qilmoqda.
“Al-Nabaa” haftalik gazetasida terrorchilik tashkiloti Tojikiston koloniyasidagi g‘alayonni “xalifat askarlari” sodir etganini tasdiqlagan.
Eslatib o‘tamiz, 19-may kuni Dushanbe shahridan 15 kilometr janubi-sharqda joylashgan Vahdat shahridagi qattiq rejimdagi koloniyada ison ko‘tarilgandi. Ison oqibatida uch nafar qo‘riqchi va 29 nafar mahbus o‘ldirilgandi.
Tojikiston Adliya vazirligining ma’lum qilishicha, koloniyada tartibsizliklarga Behruz Gulmurod (Halimov), Faxriddin Gulov, Maxmadullo Sharipov, Ruxullo Hasanov bevosita rahbarlik qilgan. Behruz Gulmurod – sobiq Tojikiston OMON qo‘mondoni Gulmurod Halimovning o‘g‘li, u 2015-yilda terrorchilik tashkilotiga qo‘shilgan va Suriyada o‘ldirilgan. Behruzga 2017-yilda 10-yil ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangandi.