TOShKENT, 8-iyul – Sputnik. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi “Bandlikka ruxsat berish tizimining Koreya Respublikasiga ishchilarni jo‘natish bo‘yicha kelishuv memorandumi” doirasida bilimni baholash markazlarida o‘tkazilgan dastlabki saralash imtihonlaridan o‘tgan nomzodlarni dinamik reyting asosida ro‘yxatga olinishi 2019-yil 5-iyul kuni to‘xtatilganligini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, dinamik reyting asosida ro‘yxatga jami 4003 nafar nomzod reyestriga kiritildi.
2019 yil 15-iyulga qadar dinamik reyting asosida ro‘yxatga kiritilgan nomzodlarning koreys tilini bilim darajasi nazorat tartibda tekshiriladi va EPS Topic imtihoniga kiritilgan 2500 nafar fuqaro ro‘yxati e’lon qilinadi.
Asoslanmagan va noto‘g‘ri xabarlarni oldini olish maqsadida faqat Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining rasmiy saytida e’lon qilingan axborotlardan foydalanish so‘ralgan.