TOShKENT, 19 apr – Sputnik. O‘zbekiston va Janubiy Koreya muzokaralari yakunlari bo‘yicha ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi o‘tkazildi.
O‘zaro hamkorlikka doir hujjatlar imzolash marosimida quyidagi hujjatlar imzolandi:
- O‘zbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi o‘rtasida erkin savdo bitimi tuzishni o‘rganish bo‘yicha qo‘shma tadqiqot qilish to‘g‘risida anglashuv memorandumi;
- Mudofaa texnologiyalarni xavfsizligini ta’minlash yuzasidan maslahatlashuv to‘g‘risida anglashuv memorandumi;
- Sog‘liqni saqlash sohasida O‘zbekiston-Koreya hamkorlik markazini tashkil etish va faoliyatini ko‘rsatish to‘g‘risida anglashuv memorandumi;
- Fazoni tadqiq etish va undan tinchlik maqsadlarda foydalanish yuzasidan hamkorlik to‘g‘risida anglashuv memorandumi;
- Fan va texnologiya sohasida hamkorlik to‘g‘risida o‘zaro anglashuv memorandumi;
- Ikki yoqlama soliq solinishi oldini olish va daromad va sarmoya soliqlarni to‘lashdan bosh tortishni bartaraf qilish to‘g‘risida qo‘shimcha konvensiyaga protokol;
- O‘zbekiston hukumati bilan Koreya Respublikasi hukumati o‘rtasida investitsiyalarni rahbatlantirish va o‘zaro himoya qilish to‘g‘risida bitim;
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Koreya Respublika prezident Mun Chje In tomonidan O‘zbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublika o‘rtasida alohida strategik sheriklik to‘g‘risida qo‘shma deklaratsiya imzolandi.
Bundan tashqari, mazkur tashrif doirasida maktabgacha ta’lim, mehnat va bandlik, adliya, qishloq xo‘jaligi, kapital bozorni rivojlantirish, kichik va o‘rta biznes, o‘simliklar karantini sohalarida, shuningdek, ikki mamlakat savdo va sanoat palatalari qator ikki tomonlama hujjatlar imzolandi.