Farzandini hojatxonaga tashlab ketgan ayolga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

CC0 / Unsplash / Wes Hicks / Grudnoy rebenok na rukax
Grudnoy rebenok na rukax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bosh prokuratura Denov tumanida yuz bergan holat yuzasidan axborot berdi.

TOShKENT, 8-iyul – Sputnik. Farzandini hojatxonaga tashlab ketgan ayolga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.

Arenda velosipedov v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
IIV masjiddan o‘g‘irlangan velosiped voqeasiga aniqlik kiritdi

Xabarda aytilishicha, 02.07.2019 yil soat 15:00 larda fuqaro F.T. (1999 y.t.) Denov tumani, Lolazor mahallasidagi “Xabibobod” bozori hududida joylashgan ayollar hojatxonasida qiz bola chaqaloqni tug‘ib, hojatxona ichiga tashlab ketgan.

Undan keyin hojatxonaga kirgan ayol chaqaloq yig‘isini eshitib, odamlarni yordamga chaqirgan. Natijada chaqaloq qutqarib qolinib, kasalxonaga joylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Denov tuman prokuraturasi tomonidan fuqaro F.T.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 25, 99-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0