TOShKENT, 5-iyul – Sputnik. Joriy yilning 2-iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda Andijondagi masjidlarning biridan velosiped o‘g‘irlab ketilgani aks etgan video keng tarqaldi. Ushbu holat Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqildi.
Ma’lum bo‘ldiki, 24-iyun kuni Andijon shahrida yashovchi M.O. ariza bilan shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga murojaat qilgan va bir kun oldin "Xoliq berdi boy" jomye masjidi oldida u peshin namozini o‘qish bilan band bo‘lgan bir vaqtda, o‘ziga tegishli velosipedni notanish shaxs olib ketgani yuzasidan shikoyat qilgan.
Olib borilgan surishtiruv ishlari jarayonida M.O.ga tegishli bo‘lgan velosiped tez orada "Xoliq berdi boy" jomye masjidiga tashlab ketilgani aniqlangan.