Bosh prokuratura o‘qituvchilarga beton quydirgan mansabdorlar ishini ko‘rib chiqadi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishBetonirovanie pliti proyezjey chasti
Betonirovanie pliti proyezjey chasti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2019 yil 28-iyun kuni “Obod markaz” Davlat dasturi asosida har bir ta’lim muassasasiga 10 metrdan joy ajratilib, direktorlarga beton quyish hamda obodonlashtirish ishlarini bajarish yuzasidan topshiriq berilgan.

TOShKENT, 8-iyul – Sputnik. Namangan viloyati, Kosonsoy tuman markazida tashkil etilayotgan “Yashil xiyobon” hududida xalq ta’limi tizimida faoliyat yurituvchi texnik xodimlarni majburiy mehnatga jalb qilish holati o‘rganib chiqildi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Grudnoy rebenok na rukax - Sputnik O‘zbekiston
Farzandini hojatxonaga tashlab ketgan ayolga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Vazirlikning Huquqiy-nazorat xizmatining o‘rganishi natijasiga ko‘ra, 2019-yil 28-iyun kuni “Obod markaz” Davlat dasturi asosida har bir ta’lim muassasasiga 10 metrdan joy ajratilib, direktorlarga beton quyish hamda obodonlashtirish ishlarini bajarish yuzasidan topshiriq berilgan.

Topshiriqqa asosan, 29-iyun kuni tuman xalq ta’limi tizimining 80 nafar texnik ishchi xodimlari yangi barpo etilayotgan “Yashil xiyobon” hududida “shanbalik” niqobi ostida eni 1,5-2 metr, uzunligi 410 metr joyga beton quyish va obodonlashtirish ishlariga majburiy jalb etilganligi ma’lum bo‘ldi.

Ushbu holat yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganish natijasi bo‘yicha Kosonsoy tumani xalq ta’limi bo‘limi mudiri vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi F.N. vazifasidan ozod etildi. M.Alloxonova Kosonsoy tumani xalq ta’limi bo‘limi mudiri vazifasiga tayinlandi.

Kosonsoy tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 80 nafar ishchi xodimlari majburiy mehnatga jalb etilganligi uchun mansabdor shaxslarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Bosh prokurori nomiga joriy yilning 4-iyul kuni xat yuborildi.

Yangiliklar lentasi
0