Armaniston tog‘larida joylashgan ushbu anitiqa optik radioteleskop sovet davrining mashhur radioto‘lqinlarni o‘rganuvchi olimlaridan biri Paris Geruni tomonidan 1980 – 1987-yillarda qurilgan. Radioteleskop koinotning yaqin qatlamlarini kuzatish uchun mo‘ljallangan. Uning takrorlanmas xususiyati shundaki – asosiy nur qaytaruvchi “tarelkasi” qimirlamaydi, buning o‘rniga ikkilamchi “tarelka” asosiy tarelka bo‘ylab harakatlanadi va istalgan nuqtaga “fokus” qilinishi mumkin.
Radioteleskop tog‘dagi tabiiy chuqurlikdan foydalangan holda, qurilgan. Shu sababli u juda qisqa vaqt ichida va nisbatan arzon narxda qurilgan – 3,5 million rubl. Xuddi shunday o‘lchamdagi parabolik teleskop 10 baravar qimmatga tushgan bo‘lardi.
Ha aytmoqchi, markaz, ya’ni Moskva ushbu teleskop qurilishiga qarshi bo‘lgan. Shu sababli olim Geruni ushbu teleskopni o‘zi boshqargan institut topayotgan daromad evaziga qurgan. Daromadni esa harbiylar uchun ishlab chiqarilgan radioto‘lqinli radarlardan olingan.
Bugungi kunda ham ushbu teleskop juda yaxshi saqlanib qolgan, lekin hozir u ishlamaydi, konservatsiya qilingan. Undan kelajakda yosh olimlarni o‘qitish maqsadida foydalanish rejelashtirilmoqda.