TOShKENT, 20 fev — Sputnik. Tojikiston tog‘larida joylashgan “Okno” kosmik nazorati markazi Rossiyaga Havo-kosmik kuchlarga 50 ming kilometr uzoqlikda joylashgan obyektlarni ko‘rish imkonini beradi, deydi Rossiya Havo-kosmik qo‘shinlari qo‘mondoni o‘rinbosari general-mayor Igor Morozov, Sputnik Tojikiston xabariga asosan.
“Okno” kosmik nazorati markazi optik va elektron qurilmalardan iborat bo‘lib, v Yer yuzidan 40-50 ming kilometr balandlikda harakatlanayotgan barcha kosmik kemalar, sputniklar va boshqa jismlarni aniqlash va suratga olish imkonini beradi.
“2014 yilda o‘tkazilgan yangilanishdan so‘ng uning imkoniyatlari sezilarli darajada oshgan. Bugungi kunda u 50 ming kilometr masofada kosmik obyektlarni aniqlash, ularning trayektoriyalarini, fotometrik xususiyatlarini aniqlash mumkin”, - deydi Morozov.
Morozov aytishiga qaraganda Tojikiston tog‘larida joylashgan ushbu majmua, koinotdan kelishi mumkin bo‘lgan turli xavflarni nazorat qilishda ulkan ahamiyatga ega. “Okno” kam bulutli baland tog‘li hududda juda qulay joylashgan.
"Okno" kosmik-nazorat markazi Sovet ittifoqi davrida 1961-yilda qurilgan. 1990-yillarda o‘z holicha tashlab qo‘yilgan edi. 2014-yilda Rossiya tomonidan qayta ta’mirlanib yana jangovar shay holatga keltirilgan.
General-leytenant aytishiga qaraganda, shu kunlarda Rossiyaning Oltoy o‘lkasi tog‘larida ham xuddi ana shunday majmua qurilmoqda. Yaqin orada Rossiya hududida yana 10 ana shunday markazlar barpo etish rejalashtirilgan.
Quyidagi teleko‘rsatuvda ushb majmua haqida batafsil ma’lumot keltirilgan.