TOSHKENT, 5 iyul – Sputnik. Toshkent shahrida “Xalqaro Olimpiya kuni” doirasida qator koʻchalarda transportlar harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar bermoqda.
5 iyul kuni: “Ot sporti paradi" oʻtkazilishi munosabati bilan soat 19:00 dan 21:00 gacha A.Temur shox koʻchasining A.Temur xiyoboni aylanma yoʻlidagi qismida barcha turdagi transport vositalari harakati cheklanadi.
6 iyul kuni: “Ommaviy yurish marafoni”ni oʻtkazilishi munosabati bilan soat 07:00 dan 08:00 gacha “Xalqlar doʻstligi” maydonidan I.Karimov koʻchasi boʻylab I.Karimov koʻchasi va Afrosiyob koʻchasi kesishmasigacha, mazkur kesishmadan Olmazor koʻchasining Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasigacha boʻlgan qismida barcha turdagi transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi.