Qozog‘istonda yig‘ilgan Ravon Nexia R3 taqdimoti bo‘lib o‘tdi

© Oleg Spivak / Kursiv.kzPredstavlen perviy Ravon Nexia R3, sobranniy v Kazaxstane
Predstavlen perviy Ravon Nexia R3, sobranniy v Kazaxstane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Joriy yilda Qozog‘istonda 16 mingta Ravon R3 avtomobillarini chiqarish rejalashtirilgan. Shularning 6 mingtasi ichki bozor, 10 mingtasi esa eksport uchun, xususan, Rossiya uchun mo‘ljallangan.

TOShKENT, 4-iyul – Sputnik. Olmaotada Qozog‘istonda yig‘ilgan Ravon Nexia R3 taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Jahon” axborot agentligi xabar qildi.

“Biz o‘z mahsulotimiz, shu jumladan, Ravon’ning sifatiga kafolat beramiz. Umid qilamanki, iste’molchilar mamnun bo‘ladi. Biz bu voqeani uzoq kutgandik va faqat shu model bilan kifoyalanib qolmoqchi emasmiz. Kelajakda Qozog‘istonda yig‘ilgan boshqa modellar ham taqdim etiladi”, — dedi “Gruppa kompaniy Allur Auto” AJ prezidenti Oksana Xolstina

Ravon R2 - Sputnik O‘zbekiston
GM Uzbekistan nomi o‘zgardi

UzAuto Motors boshqaruvchi direktori Aleksandr Saxabov Qozog‘iston bozoridagi hamkorlik boshida distribyutorlar bilan ish olib borilgani, endilikda Qozog‘istonda Ravon rusumidagi avtomobillar ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilganidan xursand ekanligini qayd etdi.

O‘tkazilgan matbuot anjumanida qayd etilishicha, 2019-yilda Qozog‘istonda 16 mingta Ravon R3 avtomobillarini chiqarish rejalashtirilgan. Shularning 6 mingtasi ichki bozor, 10 mingtasi esa eksport uchun, xususan, Rossiya uchun mo‘ljallangan.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning mart oyida UZAUTO Motors (GM Uzbekistan) Qozog‘istonning Kostanay shahridagi “SariarkaAvtoProm” zavodiga Nexia R3 avtomobillarini yirik uzelli yig‘ish uchun SKD holida hamda “Ravon Motors Qozog‘iston”ga R4 modelidagi avtomobillarini tayyor holida eksport qilishni yo‘lga qo‘ygan edi.

Yangiliklar lentasi
0