GM Uzbekistan nomi o‘zgardi

© RavonRavon R2
Ravon R2 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
GM Uzbekistan nomi UZAUTO MOTORS deb o‘zgartirildi, ishlab chiqarilayotgan avtomobillar nima deb ataladi?

TOShKENT, 3-iyul – Sputnik. Ushbu yilning 1-iyulidan boshlab GM Uzbekistan kompaniyasing UZAUTO MOTORS deb o‘zgartirildi, deb xabar qilmoqda Korporativ ma’lumotlar yagona portali.

Kak delayut avtomobili GM Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
GM Uzbekistan nomi o‘zgaradi

GM Uzbekistan to‘liq O‘zbekiston tasarrufiga o‘tishi mumkinligi haqidaga dastlabki xabarlar 2019-yilning fevral oyida paydo bo‘lgan edi. “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati “General Motors” ulushini sotib olishi mumkinligini va kompaniya to‘liq O‘zbekiston tasarrufiga o‘tishini xabar bergan edi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston yangi tarixida yengil avtomobillar ishlab chiqarish sanoati ilk bor 1992-yilda paydo bo‘lgan edi. O‘shandan Janubiy Koreyaning Daewoo korporatsiyasi bilan hamkorlikda Andijonda UzDaewoo avtomobil ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil qilgan edi. 1998-yilda Osiyo bozoridagi iqtisodiy inqiroz tufayli Daewoo korporatsiyasi o‘zining avtomobil ishlab chiqarish yo‘nalishini qisqartirishga majbur bo‘ldi.

Shundan so‘ng 2007-2008 yillarda O‘zavtosanoat AQShning General Motors korporatsiyasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yib GM Uzbekistan tashkil qilingan edi. GM Uzbekistan ishlab chiqarayotgan avtomobillari O‘zbekiston ichida Chevrolet xorijiy bozorlarda Ravon markasi ostida savdoga chiqarildi.

Yangiliklar lentasi
0