TOShKENT, 4-iyul – Sputnik. Shveysariya hukumati Gulnora Karimova ishi bo‘yicha O‘Zbekistonga $555 mln qaytarishni to‘xtatdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti, Karimovaning advokati Greguar Manjaning so‘zlariga asosan.
“Shveysari federal jinoyat sudida uchinchi katta g‘alaba (1 iyul). 555 million dollarni qaytarish darhol to‘xtatildi”, - deb yozgan Greguar Manja o‘z Twitterida.
Advokat aytishiga qaraganda, Gulnora Karimovaning qamoqxonada sog‘lig‘i yomonlashgani sababli Shveysariya sudi "O‘zbekiston bilan hamkorlikni to‘xtatgan".
Biroz oldin Shveysariya bosh prokuraturasi O‘zbekistonga “noqonuniy daromadlarni yuvish” ishi bo‘yicha konfiskatsiya qilingan 130 million dollar qaytarilshini ma’lum qilgan edi.
Ushbu munosabat bilan, kecha 3-iyul kuni O‘zbekiston Adliya vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘layotgan ko‘plab xabarlar tufayli Gulnora Karimova jazo o‘tayotgan qamoqxonada jiddiy tekshiruv o‘tkazishga qaror qilganini xabar qilgan edi.
"So‘nggi paytlarda turli Internet axborot resurslari va ijtimoiy tarmoqlar orqali bugungi kunda sudning hukmiga asosan tegishli jazoni o‘tayotgan mahkuma G.I.Karimovaning jazoni o‘tash muassasasidagi shart-sharoitlar xususida bildirilayotgan turli xabarlar yuzasidan Adliya vazirligi tomonidan mahkuma saqlanayotgan Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi umumiy tartibli 21-son ayollar koloniyasida o‘rganish o‘tkazilmoqda", - deyilgan Adliya vazirligi xabarida.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Birinchi prezidentining qizi Gulnara Karimova 2015-yilning avgustida bir qator iqtisodiy jinoyatlarda aybdor deb topilgan va 10-yillik qamoq jazosiga mahkum etilgan edi. Bosh prokuratura Gulnora Karimovaning 12 xorijiy mamlakatda jami 1,5 milliard dollar mol-mulki borligini aniqlagan. Shundan eng kattasi qismi – 800 million dollarlik mulk Shveysariyada saqlanadi.