TOShKENT, 27-iyun – Sputnik. O‘zbekiston Moliya vazirligi OAV va ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan Gulnora Karimovaning davlat budjetiga 1,2 milliard dollar mablag‘ini qaytargani haqidagi xabarlarni tasdiqlamadi.
“Moliya vazirligi undirilgan daromadlarni familiyalarga asosan hisoblamaydi. O‘tgan yil davomida va ushbu yilning birinchi yarmida yuqorida ko‘rsatilgan mablag‘lar davlat budjetiga kelib tushmadi”, - deyilgan xabarda.
Shuningdek, o‘tgan yil davomida musodara qilingan va davlat budjeti daromadiga aylantirilgan mulkning, jumladan, zargarlik buyumlari va valyuta mablag‘lari, umumiy qiymati - 163 milliard so‘mni yoki 20,2 million dollarni tashkil qildi.
2019 yilning birinchi yarmida musodara qilingan va davlat budjeti daromadiga aylantirilgan mulkning umumiy qiymati 99,4 milliard so‘mni yoki 11,8 million dollarni tashkil qildi, deyilgan xabarda.