TOShKENT, 4-iyul – Sputnik. Ukrainaning yangi prezidenti o‘zining saylovoldi va’dalarini bajarishga kirishsa, Moskva Kiyev bilan muloqotni boshlashga tayyor. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Italiyaning Corriere della Serana gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Rossiya yetakchisi Zelenskiy saylov oldidan Donbassdagi fuqarolar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘rnatishni va’da qilganini eslatib o‘tgan. Putinning fikriga ko‘ra, u bu muloqotni yo‘lga qo‘yishi, o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan respublikalar (Donesk va Lugansk) aholisini separatistlar deb atashni to‘xtatishi kerak.
“Shuning uchun takrorlayman, Ukraina fuqarolari Zelenskiy va uning jamoasidan bayonot emas, balki qisqa vaqt ichida yaxshi tomonga o‘zgartiruvchi harakat va o‘zgarishlarni kutmoqda”, - deya Putin so‘zlaridan iqtibos keltiradi RIA Novosti.
Vladimir Putin nashrga Italiyaga safaridan oldin intervyu bergan.