TOShKENT, 27-iyun – Sputnik. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putinga ukrainalik dengizchilarni ozod qilish masalasida murojaat qildi.
“Barchamizda farzandlar bor, bolalarni ota-onalarga qaytarib bering”, - dedi Ukraina prezidenti Kiyevda o‘tkazilgan brifingda.
Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina tashqi ishlar vaziri Pavel Klimkin harbiy dengizchilar bo‘yicha Rossiya notasiga javob xatini kelishmagan. Ushbu holat yuzasidan tushuntirish talab qildi.
Shuningdek, Zelenskiy so‘zlariga ko‘ra, u mamlakat Tashqi ishlar vazirligi harakatlari haqida internetdan bilib olmoqda.
25 iyun kuni Moskva dengiz huquqi bo‘yicha xalqaro tribunal va Ukraina elchixonasiga nota yubordi. Unda aytilishicha, 24 nafar ukrainalik dengizchilarga nisabatan jinoiy ish davom etmoqda, biroq Rossiya “jinoiy-protsessual qonunchilik doirasida” muzokaralarga tayyorligini ma’lum qilgandi.
Bunga javoban Klimkin Moskvadan Xalqaro tribunal qarorini zudlik bilan va so‘zsiz bajarishi va barcha qo‘lga olingan harbiylarni ozod qilishini talab qildi.
Kerch bo‘g‘ozidagi hodisa
2018 yil noyabrda Ukraina harbiy dengiz kuchlariga qarashli bo‘lgan uchta kema Rossiya davlat chegaralari buzdi va Rossiya hukumatining qonuniy talablariga rioya qilmasdan bir necha soat davomida xavfli manevrlarni amalga oshirdi.
Chegarachilar qoidabuzarlarni ushlashdi. Kemalar bortida jami 24 harbiy bo‘lgan, ular ichida 2 xavfsizlik xizmati xodimi.
Sud barcha harbiy xizmatlarni davlat chegarasini buzgani uchun hibsga olish to‘g‘risida qaror chiqardi.