Qirg‘izistonda Atambayev tarafdorlarining mitingi bo‘lib o‘tmoqda

© Sputnik / Tabildi KadirbekovMiting storonnikov Atambayeva v Bishkeke
Miting storonnikov Atambayeva v Bishkeke  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Almazbek Atambayevning o‘zi ham miting o‘tkazilayotgan joyga yetib kelgan.

TOShKENT, 3-iyul – Sputnik. Qirg‘izistonda Atambayev tarafdorlarining mitingi bo‘lib o‘tmoqda.

Sputnik Qirg‘iziston nashrining yozishicha, Qirg‘iziston sobiq prezidentining tarafdorlari avvaliga uning Koy-Tash qishlog‘idagi uyi yonida to‘planishgan. Soat 15:30larda Bishkekdagi “Forum” binosiga kelishgan va u yerda miting boshlangan. Hozirda mitingda 500 yoshdan ortiq kishi ishtirok etmoqda.

Almazbek Atambayevning o‘zi ham miting o‘tkazilayotgan joyga yetib kelgan.

Eks-prezident KR Almazbek Atambayev okolo svoyego doma v sele Koy-Tash gde sobirayutsya lyudi - Sputnik O‘zbekiston
Jazirama sababli Atambayev tarafdorlari uning uyini tark etmoqda

Miting ishtirokchilari sobiq prezidentga nisbatan siyosiy ta’qib to‘xtatilishini talab qilishmoqda. Mitingda hech qanday tartibsizlik kuzatilmayapti.

Qirg‘iziston parlamenti sobiq prezident Atambayevni daxlsizlik huquqidan mahrum qildi. Atambayevni sobiq prezident maqomidan mahrum qilish uchun 110 deputatdan 103 nafari ovoz berdi. Ushbu maqomni yo‘qotgan Atamboyev daxlsizlik huquqidan ham mahrum bo‘ldi.

Qirg‘iziston parlamenti 13-iyun kuni maxsus komissiyani tashkil etgandi va u olib borgan ish natijasida Almazbek Atambayev oltita jinoyatga aloqador bo‘lishi mumkinligi haqida xulosa qilingandi. Jo‘qorg‘u Keneshi xulosani tasdiqlab, bosh prokuraturaga yuborgandi.

Xulosaga ko‘ra, sobiq prezidentga nisbatan quyidagi aylovlar ilgari surildi: Koy-Tash qishlog‘ida yer uchastkalarini noqonuniy egallanishi, jinoiy avtoritet Aziz Batukayevning qonunga zid ravishda ozod etilishi, Bishkek IES modernizatsiyasi bo‘yicha korrupsiya ishi va unga noqonuniy tarzda ko‘mir yetkazib berilishi hamda tadbirkor Subixi Parxati ishtirokidagi korrupsiya fakti.

Atambayevning o‘zi unga qo‘yilgan ayblovlar “safsata” ekanligini aytib, xalqqa halol xizmat qilganini ma’lum qilgandi.

Yangiliklar lentasi
0