TOShKENT, 2-iyul – Sputnik. Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligi Atambayev uyi oldidagi vaziyatni tinch deb baholamoqda. Bu haqda RIA Novostiga Qirg‘iziston IIV matbuot xizmati ma’lum qildi.
Sobiq prezidentning uyi yaqinida uning tarafdorlari qolmoqda, biroq ularni soni kamaydi.
Hozirgi vaqtda ularning soni 50-60 kishini tashkil qilmoqda. Qolgan odamlarning so‘zlariga ko‘ra, bu jazirama bilan bog‘liq, kech paytda odamlar ko‘proq bo‘ladi.
Chuy viloyatida kunduz kuni havo harorati soyada 40 darajaga yetmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston parlamenti deputatlari Almazbek Atambayevni sobiq prezident maqomini olib tashlashga ovoz berishdi.
Qirg‘iziston parlamenti 13-iyun kuni maxsus komissiyani tashkil etgan va u olib borgan ish natijasida Almazbek Atambayev oltita jinoyatga aloqador bo‘lishi mumkinligi haqida xulosa qilingan. Jo‘qorg‘u Keneshi xulosani tasdiqlab, bosh prokuraturaga yubordi.
Xulosaga ko‘ra sobiq prezidentga nisbatan quyidagi aylovlar ilgari surildi: Bishkek IES modernizatsiyasi bo‘yicha korrupsiya ishi va stansiyaga noqonuniy tarzda ko‘mir yetkazib berilishi, Tarixiy muzeyni rekonstruksiyasida korrupsiya ishi, jinoiy avtoritet Aziz Batukayevning qonunga zid ravishda ozod etilishi, Koy-Tash va Chon Sari-Oy qishloqlarida yer uchastkalarini noqonuniy egallanishi.
Mamlakat bosh prokurori O‘tkurbek Jamshitov sobiq prezident ehtimol besh jinoyatlarga aloqador bo‘lishi mumkinligi haqida bayonot berdi.