TOShKENT, 5 fev – Sputnik. GM Uzbekistan avtomobil zavodi nomi o‘zgaradi. Bu haqda "O‘zavtosanoat" AJ raisi o‘rinbosari Aziz Shukurov 5-fevral kuni “O‘zbekiston avtomobil sanoati: kechagi kun va kelajak istiqbollari” mavzusida matbuot anjumani vaqtida ma’lum qildi.
16 Yanvar 2019, 17:49
"Tez orada GM Uzbekistan nomi o‘zgaradi. Hozirda bu bo‘yicha ish olib bormoqdamiz. Hamma masala hal bo‘lgach, bu haqida xabar beramiz", deya Shukurovning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda "Xalq so‘zi" muxbiri.
Eslatib o‘tamiz, korxona eksport qilingan mahsulotlarini Ravon brendi ostida sotib keladi.