Atambayev mitingi yakunlandi: hukumatga qanday talablar ko‘yildi

© Sputnik / Tabildi KadirbekovBivshiy prezident KR Almazbek Atambayev vistupayet na mitinge protiv nineshney vlasti okolo Mediaforuma v Bishkeke
Bivshiy prezident KR Almazbek Atambayev vistupayet na mitinge protiv nineshney vlasti okolo Mediaforuma v Bishkeke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Norozilik aksiyasi ishtirokchilari rezolyutsiyani qabul qilib, hukumat oldiga bir necha talablarni ilgari surishdi.

TOShKENT, 3-iyul – Sputnik. Bishkekda 3-iyul kuni o‘tkazilgan tinch miting ishtirokchilari mamlakat hukumati oldiga qator talablarni qo‘yishdi.

Miting storonnikov Atambayeva v Bishkeke  - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘izistonda Atambayev tarafdorlarining mitingi bo‘lib o‘tmoqda

Sobiq prezident Almazbek Atambayev tarafdorlarining mitingi “Mediaforum” binosi oldida o‘tkazildi. Mitingda 500 dan 1,5 mingacha odam ishtirok etdi. Mitingda Almazbek Atambayev o‘zi ham qatnashdi va  nutq so‘zladi.

Miting ishtirokchilari qonunga rioya qilmaslikni to‘xtatish, Vazirlar Mahkamasini iste’foga chiqarish va “xalq ishonchli hukumati”ni tuzishni taklif qilishdi.

Ular Davlat xavfsizligi xizmati va Ichki ishlar rahbariyati almashtirilishi va huquq tartibot organlarida islohotlar o‘tkazilishini talab qilishdi.

Bundan tashqari, rezolyutsiyada zudlik bilan siyosiy muxolifatchilari ozod qilishi bayon etilgan. Shuningdek, davlat apparati uchun xarajatlarni qisqartirish va hukumatga yangi yetakchilarni kelishini ta’minlash talablari yozilgan.

Mazkur talablar bajarilmagan taqdirda, miting tashkilotchilari butun mamlakat bo‘ylab ommaviy norozilik aksiyalar uyushtirilishi, prezident iste’foga ketishi va parlamentni tarqatib yuborishni talab qilinishi ma’lum qilindi.

Yangiliklar lentasi
0