Tramp: AQSh Afg‘onistondan qo‘shinlarni chiqarib, u yerda razvedka kuchlarini qoldiradi

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishV Polshe razmeshen batalon NATO
V Polshe razmeshen batalon NATO - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQShning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzad, yangi afg‘onlararo uchrashuv Doxada 7-8 iyul kunlari Germaniya va Qatar vositachiligida o‘tkazilishini e’lon qildi.

TOShKENT, 2-iyul – Sputnik. AQSh Afg‘onistondagi qo‘shinlar sonini qisqartiradi, biroq u yerda razvedka bo‘linmalarini qoldiradi, deb bayonot qildi AQSh prezidenti Donald Tramp.

"Tolibon" AQSh Afg‘onistondan tez orada qo‘shinlarini chiqarib ketishiga umid bog‘lamoqda

"Men u yerda juda kuchli razvedkani qoldirgan bo‘lardim. Biz kuzatishimiz kerak… Men shunday qilgan bo‘lardim va biz u yerda juda kuchli, xayolga kelmaydigan darajada kuchli razvedkani qoldiramiz. Bu o‘ta muhim. Va biz shunday qila olamiz, lekin biz Afg‘onistondagi kuchlarimiz sonini sezilarli qisqartirishimiz kerak", - deb aytgan u seshanba kuni Fox News telekanaliga bergan intervyusiga.

Shu bilan birga u Afg‘onistonni "terrorchilar uchun laboratoriya", deb atagan.

AQSh va uning ittifoqdoshlari 2001-yildan Afg‘onistonda toliblar va boshqa uyushmalarga qarshi operatsiyalarni o‘tkazib kelishadi. Ushbu harbiy kampaniya AQSh qurolli kuchlari tarixidagi eng uzoq davom etgan operatsiyaga aylandi. 2018-yilda prezident Donald Tramp administratsiyasi Janubiy Osiyoda yangi harakatlar strategiyasini taqdim etdi. U mintaqa mamlakatlarining Afg‘onistondagi mojaroni tartibga solishda yanada faol ishtirokini nazarda tutadi. Bundan tashqari, AQSh "Tolibon" radikal harakati bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni boshlagan. Toliblar matbuot kotibi Muhammad Suxayl Shaxin may oyi oxirida jurnalistlarga AQSh muzokaralarning navbatdagi raundida Afg‘onistondan qo‘shinlarini chiqarishi haqida e’lon qilishini aytgan edi.

AQShning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzad, yangi afg‘onlararo uchrashuv Doxada 7-8 iyul kunlari Germaniya va Qatar vositachiligida o‘tkazilishini e’lon qildi.

Yangiliklar lentasi
0