TOShKENT, 30-may - Sputnik. "Tolibon" harakati AQSh harakat vakillari bilan o‘tkazadigan muzokaralarning keyingi raundida Afg‘onistondan qo‘shinlarni chiqarishi haqida e’lon qilishiga umid bildirmoqda", dedi jurnalistlarga toliblar matbuot kotibi Muhammad Soxayl Shaxin.
AQSh Doxadagi toliblar harakati siyosiy ofisi bilan muzokaralar olib bormoqda. Muzokaralarning oldingi raundi mart oyida o‘tkazilgan bo‘lib, yangi uchrashuv vaqti hali e’lon qilingani yo‘q.
"Umid qilamizki, amerikaliklar bilan o‘tkaziladigan muzokaralarning keyingi raundida ular AQSh Afg‘onistondan o‘z qo‘shinlarini chiqarayotganini e’lon qiladilar", - dedi u.
O‘zbekiston va Afg‘oniston chegaraoldi savdo zonasini ishga tushirdi >>>
Shaxinning so‘zlariga ko‘ra, bu Afg‘onistondagi ichki nizolarni tartibga solishga imkon beradi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu haftada afg‘on jamoatchiligi va siyosiy kuchlari, xususan "Tolibon" harakati vakillari ham Moskvaga safar bilan kelganlar.
Moskvada afg‘onlararo muzokaralar ishtirokchilari barcha afg‘onlar bo‘lajak hukumatda taqdim etilishlariga rozi ekanliklarini bildirishgan. Yangi hukumat mamlakatdagi inqiroz tartibga solingach shakllantirilishi rejalashtirilmoqda, dedi Shaxin.
Eslatib o‘tamiz, AQSh va uning ittifoqdoshlari 2001-yildan buyon Afg‘onistonda toliblar va boshqa uyushmalarga qarshi operatsiyalar o‘tkazib kelmoqda. Bu AQSh qurolli kuchlari tarixidagi eng uzoq harbiy kampaniyadir.
2018 yilda AQSh prezidenti Donald Tramp administratsiyasi Janubiy Osiyodagi harakatlarning yangi strategiyasini taqdim etgan. U Afg‘onistondagi mojaroni tartibga solishda mintaqa mamlakatlarining faol ishtirokini nazarda tutadi.
Yevropa Ittifoqi Afg‘oniston bo‘yicha hamkorlikka Markaziy Osiyo davlatlarini jalb qiladi >>>