Putin Rossiya aviakompaniyalariga Gruziyaga uchishni ta’qiqladi

CC0 / pixabay. / Samolet vo vremya posadki
Samolet vo vremya posadki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qaror Tbilisidagi ekstremistik harakatlar fonida rossiyaliklar xavfsizligini ta’minlash maqsadida qabul qilingan

TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin 8-iyuldan mahalliy aviakompaniyalarga Rossiya fuqarolarini Gruziyaga tashishni ta’qiqladi. Tegishli qaror Kreml saytida e’lon qilingan.

Glava parlamenta Gruzii Irakliy Kobaxidze - Sputnik O‘zbekiston
Gruziya parlamenti raisi iste’foga chiqdi

Putin bundan tashqari hukumatga Gruziyada vaqtincha bo‘lib turgan fuqarolarni qaytarish bo‘yicha topshiriq bergan.

Davlat rahbari turoperatorlarga parvozlar ta’qiqlangan davrda bu davlatga putovkalar sotmaslikni tavsiya etgan.

Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov, aviatashuvlarni ta’qiqlash to‘g‘risidagi farmon - Tbilisida yuz berayotgan ekstremistik harakatlar fonida rossiyaliklar xavfsizligini ta’minlash uchun majburiy choraligini bildirgan.

Qonun 8-iyuldan kuchga kiradi, chunki bu vaqtga kelib Gruziyaga aksariyat turlar yakunlanadi.

Rossiya turoperatorlari assotsiatsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, ayni vaqtda Gruziyada 5 mingdan 7 ming nafargacha tashkillashtirilgan tarzda yuborilgan turistlar bo‘lib, mustaqil ketganlar soni bundan ikki-uch barobar ko‘pdir.

Rossiya tursanoat ittifoqi matbuot kotibi Irina Turinaning so‘zlariga ko‘ra, turoperatorlar 8-iyulga qadar Gruziyadan reja asosida ketmaydigan turistlarni yaqin sanalarda uchishi ko‘zda tutilgan reyslarga ularning qaytish chiptalari bilan chiqarishlari kutilmoqda. 8-iyulga kelib Gruziyada tashkillashtirilgan tarzda borgan turistlar qolmasligi kerak.

"Agar turistlardan birortasi hordiqni bo‘lishni istamasa va Gruziyada qolishga qaror qilsa, ular Rossiyaga qaytish masalasini o‘zlari hal etishadi va qaytish chiptalarini o‘z hisoblaridan xarid qilishadi", - deya aniqlik kiritdi Turina.

Yigirmanchi iyun kuni Tbilisida norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Tartibsizliklarga Pravoslav parlamentlararo assambleyasi bosh sessiyasining ochilish marosimida tashkilot rahbari, Rossiya Davlat dumasi deputati Sergey Gavrilovning parlament rahbari kursisiga o‘tirgani sabab bo‘lgan. Gavrilov bergan tushuntirishga ko‘ra, bu o‘ringa Gruziya tomoni uni "bunday tadbirlar bayonnomasiga muvofiq" o‘tqazgan.

Gruzovie vagoni - Sputnik O‘zbekiston
Gruziya O‘zbekiston uchun tranzit yuk tashish narxini ikki baravarga arzonlashtirdi

Sanksiyalanmagan mitinglar oqibatida, kamida 240 jabrlangan, ular orasida namoyish qatnashchilari va politsiyachilar bor. 300dan ortiq namoyishchilar qo‘lga olingan.

Gruziya prezidenti Salome Zurabishvili namoyishlar tashkillashtirishda Moskvani ayblagan. U shuningdek Rossiyani "dushman va bosqinchi", deb ham atagan. Zurabishvilining fikricha, Rossiya hukumati mamlakatdagi holatni izdan chiqarishdan manfaatdor.

RF Bosh vaziri Dmitriy Medvedev bu bayonotga noprofessional, deya izoh bergan va Gruziya yetakchisi voqealar mazmunini to‘liq anglamaganini yoki ongli ravishda voqeani buzib ko‘rsatayotganini qo‘shimcha qilgan.

Rossiya bosh vaziri so‘zlariga ko‘ra, Gruziyada ro‘y berayotgan voqealar - muxolifat kuchlarning hukumat kuchlariga qarshi kurashi natijasidir, norozilik namoyishlari esa Gruziyadagi siyosiy tizimni yo‘q qilishga yo‘naltirilgan. Medvedev Gruziya xalqi yuz bergan holat mohiyatini anglab olishiga umid bildirgan.

Yangiliklar lentasi
0