Eski namunadagi banknotlar va tangalar almashtirib beriladi – Markaziy bank

Obuna bo‘lish
2019 yilning 1-iyulidan boshlab bank kassalariga topshirilgan 1997-yil namunasidagi 200 so‘mlik va 1999-yil namunasidagi 500 so‘mlik banknotlar tijorat banklari filiallari tomonidan almashtirib beriladi.

TOShKENT, 2-iyul – Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki muomaladan chiqariladigan banknotlar haqida axborotni e’lon qildi.

Kupuri nominalom patdesat tisach sumov - Sputnik O‘zbekiston
Naqd pul, virtual kassa va go‘sht: yangi qaror loyihasi tayyorlandi

Ma’lumki, 2019-yil 1-iyuldan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining eski namunadagi (2001-2002, 2004 va 2009-yillar namunasidagi) 50 so‘mlik, 100 so‘mlik tangalari hamda (1994 yil namunasidagi) 50 so‘mlik va 100 so‘mlik banknotlari to‘lov qobiliyatini yo‘qotadi va muomaladan chiqariladi.

Adliya vazirligida 2018-yil 19-mayda 3014-son bilan ro‘yxatga olingan “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining eski namunadagi 50 va 100 so‘mlik tangalarini, shuningdek 50, 100, 200 va 500 so‘mlik banknotlarini ayirboshlash hamda muomaladan qaytarib olish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan:

Joriy yil 1-iyul kuniga qadar eski namunadagi 50 so‘mlik va 100 so‘mlik banknotlar va tangalar Markaziy bank hududiy Bosh boshqarmalarining Hisob-kitob kassa markazlari, barcha tijorat banklari va ularning filiallari tomonidan qabul qilinib, almashtirib berildi;

2019 yil 1-iyuldan boshlab eski namunadagi 50 so‘mlik va 100 so‘mlik tangalar va banknotlar tovar va xizmatlar uchun to‘lovga qabul qilinmaydi.

Aholi qo‘lida qolib ketgan eski namunadagi 50 so‘mlik va 100 so‘mlik tangalar va banknotlarni bevosita Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari Hisob-kitob kassa markazlarida yangi namunadagi tangalarga va muomalada bo‘lgan boshqa nominaldagi banknotlarga almashtirib olishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, yuqoridagi Nizomga asosan eski namunadagi 200 so‘mlik va 500 so‘mlik banknotlar 2020-yil 1-iyulga qadar muomalada bo‘ladi hamda ushbu muddatga qadar qonuniy to‘lov vositasi hisoblanadi.

2019 yilning 1-iyulidan boshlab bank kassalariga topshirilgan 1997-yil namunasidagi 200 so‘mlik va 1999-yil namunasidagi 500 so‘mlik banknotlar tijorat banklari filiallari tomonidan almashtirib beriladi.

Yangiliklar lentasi
0