Naqd pul, virtual kassa va go‘sht: yangi qaror loyihasi tayyorlandi

© SputnikKupuri nominalom patdesat tisach sumov
Kupuri nominalom patdesat tisach sumov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Aholi bilan naqd pulda amalga oshirilgan hisob-kitoblar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni davlat soliq xizmati organlariga onlayn rejimida uzatib borish funksiyasiga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinalarini bosqichma-bosqich joriy etish belgilangan.

TOShKENT, 24-iyun – Sputnik. “Savdo va xizmat ko‘rsatish sohasini yanada erkinlashtirish hamda pul tushumlari ustidan jamoat nazoratini kuchaytirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” prezident qarori umumiy muhokamaga qo‘yildi.

Kupuri amerikanskix dollarov. - Sputnik O‘zbekiston
Dollar va yevro yana ko‘tarildi: O‘zbekistonda valyuta kurslari

Hujjat loyihasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tayyorlandi.

Loyihaga ko‘ra, aholi bilan naqd pulda amalga oshirilgan hisob-kitoblar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni davlat soliq xizmati organlariga onlayn rejimida uzatib borish funksiyasiga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinalarini (onlayn NKM) bosqichma-bosqich joriy etish belgilanganligi;

tajriba loyiha sifatida onlayn nazorat-kassa mashinalaridan foydalanish O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan Toshkent shahrida yo‘lga qo‘yilganligi ma’lumot uchun qabul qilish bayon etilgan.

“2019 yil 1-sentabrdan boshlab tadbirkorlik subyektlari onlayn NKM yoki virtual kassadan to‘liq foydalanishga o‘tgan taqdirda:

ularga nisbatan amaldagi fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinalarini ishlatish majburiyati bekor qilinadi;

Mujchina sidit u kompyutera - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda onlayn nazorat-kassa mashinalari tajriba loyihasi ishga tushiriladi

tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish doirasida tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotib olish, xizmatlar ko‘rsatish va xodimlar ish haqini (jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va boshqa majburiy to‘lovlarni ushlab qolgan holda) berish maqsadlari uchun kunlik naqd pul tushumini to‘liq o‘z ixtiyorida qoldirish huquqiga ega bo‘ladi;

keyinchalik sotish maqsadida cheklanmagan miqdorda naqd pulda tovarlar sotib olishga hamda naqd pulga sotib olingan tovarlarning (benzin, dori-darmon va boshqa aksiz osti tovarlar bundan mustasno) summasidan qat’iy nazar hisobvaraq-faktura va xarid cheki yoki aholidan xarid qilingan hollarda mahsulot sotib olinganligini tasdiqlovchi hujjat asosida kirim qilish huquqiga ega bo‘ladi;

kassir-operatsiyachi tomonidan nazorat-kassa daftarini yuritish hamda ish kuni oxirida har bir nazorat-kassa mashinasi bo‘yicha kunlik hisobotni chiqarib olish majburiyati bekor qilinadi;

2020 yil 31-dekabrga qadar har bir kassa uchun onlayn NKM xarid qilish, o‘rnatish va ishga tushirish bilan bog‘liq xarajatlari tadbirkorlik subyektlarining foyda solig‘i, yagona soliq to‘lovi yoki qat’iy belgilangan soliq to‘lovi hisobidan, biroq to‘lov muddatida amalda bo‘lgan eng kam ish haqining (bazaviy hisoblash miqdorining) 10 baravaridan oshmagan miqdorda kamaytiriladi;

Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqiladigan virtual kassa dasturiy mahsulotining bazaviy qismi bepul beriladi;

V Tashkente zarabotal perviy bankomat s funksiyey obmena valyuti - Sputnik O‘zbekiston
Bankomatlar orqali naqd pul olishda foiz to‘lovini chegaralash taklif qilindi

alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish va umumiy ovqatlanish joylarida sotish huquqi soddalashtirilgan shaklda soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetida ro‘yxatga qo‘yish orqali qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda oylik yig‘imlarni muntazam to‘lash hamda onlayn NKM yoki virtual kassadan foydalanish qoidalariga qat’iy amal qilish sharti bilan Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan beriladi”, - deyilgan qaror loyihasida.

Hujjat loyihada qayd etilishicha, jismoniy shaxslarning bank plastik kartalari yoki chegirma (diskont) kartalariga ommaviy oferta shartlari asosida o‘tkazilgan bonuslar (pul, ball va boshqa birliklar) shaklidagi mablag‘lar (cashback) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bazasi sifatida qaralmaydi.

“uy xo‘jaligida, shu jumladan dehqon xo‘jaligida yetishtirilgan hayvonlarni tirik holda hamda ularni so‘yib, mahsulotlarini xom yoki qayta ishlangan holda tabiiy va qayta ishlangan chorvachilik, asalarichilik va dehqonchilik mahsulotlarini sotishdan olinadigan daromadlarni jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod qilishda realizatsiya qilingan mahsulot unga yoki uning oila a’zolariga ajratilgan yer uchastkasida yetishtirilganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etish tartibi bekor qilinadi”, - deyilgan hujjat loyihasida.

Yangiliklar lentasi
0