Jamiyat

Oʻzbekistonning iqtidorli yoshlari mukofotlandi

© Sputnik / Tatyana Milkovich / XIX Vsemirnыy festival molodeji i studentov
XIX Vsemirnыy festival molodeji i studentov - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Oʻzbekiston Moliya vazirligi “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti sovrindorlarining har biriga eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdorida pul mukofotini topshiradi.

TOSHKENT, 1 iyul — Sputnik. Oʻzbekistonning iqtidorli yoshlari “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti bilan taqdirlanadi.

Molodыe lyudi tantsuyut  - Sputnik Oʻzbekiston
Madaniyat
Toshkentda "Yoshlar kuni"ni keng nishonlanadi

Qaror mamlakatda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarda faollik koʻrsatib, oʻzining bilim va iqtidori, intiluvchanligi va tashabbuskorligi, halol va samarali mehnati bilan Vatan taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshib kelayotgan, yuksak maʼnaviyatli, mustaqil fikrlovchi, qatʼiy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarash va yuqori salohiyatga ega, yurt istiqboli uchun masʼuliyatni oʻz zimmasiga olishga qodir boʻlgan fidoyi va mard oʻgʻlonlar munosib ragʻbatlantirish maqsadida qabul qilingan.

“Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarga “Yoshlar kuni” arafasida oʻtkaziladigan tantanalarda sovrindorlik diplomlari va koʻkrak nishonlari topshiriladi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Moliya vazirligi “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti sovrindorlarining har biriga eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdorida pul mukofoti berilishini taʼminlanadi.

“Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar roʻyxati bilan quyida tanishishingiz mumkin.

Yangiliklar lentasi
0